
3 sentabr kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, shu kuni mamlakat rahbari Ramzan Kadirovning 4 ta o‘g‘li ringga ko‘tariladi. Bu haqda “Axmat” sport klubi Abuzayd Vismuradov aytib o‘tdi.
“3 sentabr kuni Grozniy shahrida, Kolizey sport zali arenasida Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat hoji Kadirov xotirasiga bag‘ishlangan "Afsonalar vaqti" professional boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Arenada mamlakatimizning eng kuchli bokschilari ishtirokidagi eng ajoyib va yorqin janglar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Axmat sport klubidagi aziz jiyanlarim Ahmad, Eli, Adam va Abubakar Kadirovlar shu kuni ringga chiqadi”, - deydi Vismuradov instagramdagi sahifasida.
Checheniston PoytaxtiGrozniy ShahridaRamzan KadirovBokschilar IshtirokidaProfessional BoksAxmat Sport Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar