16:04 / 02.09.2020
2 673

“Atalanta”ga o‘tgan Miranchuk Jaloliddinovga maxsus sovg‘a berib ketdi (foto)

“Atalanta”ga o‘tgan Miranchuk Jaloliddinovga maxsus sovg‘a berib ketdi (foto)
Faoliyatini “Atalanta” jamoasida davom ettirishga qaror qilgan “Lokomotiv” yetakchisi Aleksey Miranchuk Italiyaga ketishidan oldin Jasur Jaloliddinov bilan suratga tushdi va unga sovg‘a tariqasida avtografi tushirilgan futbolkasini esdalik uchun taqdim etdi.

Jasur Jaloliddinov moskvaliklar tarkibiga qo‘shilgan paytda Aleksey Miranchukning muxlisi ekanini, ularning ikkisi ham chapaqay, o‘yin uslubi o‘xshash va bir xil pozitsiyasida o‘ynashi haqida gapirgan edi.

Ayni paytda Jasur Jaloliddinov legioner sifatida Rossiya premer-ligasi qaydnomasidan o‘tkazilgan va “Lokomotiv” tarkibida debyutini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Atalanta”ga o‘tgan Miranchuk Jaloliddinovga maxsus sovg‘a berib ketdi (foto)