
“Barsa” bilan mojaro Messining obro‘sini to‘ka boshladi. Taniqli ispaniyalik jurnalist Edu Agirre argentinalik futbolchini o‘zini shu darajaga yetkazgan va oilasiga aylanib qolgan klubga xiyonat qilishda ayblamoqda.
- Men uchun Messi futbol tarixidagi eng katta xiyonatga qo‘l urmoqda. U cho‘kayotgan kemaga o‘xshab qolgan “Barselona”dan qochib ketmoqchi. U bunday paytda ketishi kerak emas. “Barsa” muxlislari bunaqangi munosabatga loyiq emas, - deydi Agirre.
O‘z navbatida, “Barselona”ning 73 foiz muxlislari ushbu mojaroda klubni qo‘llab-quvvatlagan va Messining bu tarzda ketishi noto‘g‘ri ekanini bildirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar