14:06 / 08.09.2020
2 033

La Liga prezidenti: «Messi bo‘lasanmi yoki Pepito, farqi yo‘q, shartnomani hurmat qilishing kerak»

La Liga prezidenti: «Messi bo‘lasanmi yoki Pepito, farqi yo‘q, shartnomani hurmat qilishing kerak»
Foto: EFE
La Liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» hujumchisi Lionel Messi bilan bo‘lib o‘tgan vaziyat haqida gapirdi.
- "Men Messi bilan urush qilmadim. Men chempionatimizning istalgan boshqa futbolchisi bilan ham xuddi shu ishni qilgan bo‘lardim. Qoidalar va adolatni himoya qilish — liganing oldidagi qarz. Shartnomalarni hurmat qilish lozim, isming Messi bo‘ladimi yoki Pepito Peres.

Shaxsiy fikrimcha, Messi va uning atrofidagilar bilan jang bo‘lmadi. Men uchun Leo o‘ziga xos ahamiyatga ega, uni hurmat qilaman. U so‘nggi 20 yillikdagi futbolimiz tarixi. Bunday futbolchi bilan jang qilib bo‘ladimi? Alohida ta’kidlayman: men shunchaki shartnomalar amalda bo‘lishini xohladim. Messi ishtirokidagi ish OAVda katta shov-shuvga sabab bo‘lishi aniq edi.

Uning shartnomasi shaffof, garchi yuristlar boshqa gapni aytayotgan bo‘lsa-da. Shartnoma bandining noto‘g‘ri talqin qilinishi xatoga olib keldi. Messi yuridik kelishmovchiliklardan qochib, jamoada o‘ynashda davom etishi bizga xursandchilik ulashdi
", - dedi La Liga prezidenti Xaver Tebas.

Eslatib o‘tamiz, Messi «Barselona»dan shartnomani bekor qilishni so‘ragach, klub uni tekinga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. La Liga esa «Barselona»ning pozitsiyasini oshkora qo‘llab-quvvatladi va Messining klub bilan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 700 million yevro ekanini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga prezidenti: «Messi bo‘lasanmi yoki Pepito, farqi yo‘q, shartnomani hurmat qilishing kerak»