«Chelsi» APLda 2000 ochko to‘plagan uchinchi jamoaga aylandi

«Chelsi» APLda 2000 ochko to‘plagan uchinchi jamoaga aylandi
«Chelsi» Angliya Premyer Ligasi 1-turida «Brayton»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).

Mazkur g‘alaba evaziga londonliklar Premyer Ligada ikki ming ochkolik dovondan o‘tdi. «Chelsi» ushbu natijani qayd etgan uchinchi jamoaga aylandi.

Bunga qadar «Manchester Yunayted» (2234 ochko) va «Arsenal» (2014) ikki ming ochkolik ko‘rsatkichdan o‘tgandi.
«Chelsi»ning ortidan «Liverpul» (1951 ochko) va «Tottenhem» (1654 ochko) jamoalari bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer Ligasi hozirgi formatda 1992 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar