Kecha bo‘lib o‘tgan "Paxtakor" - "Al Hilol" bahsidan so‘ng Saudiya klubi yetakchisi Bafetimbi Gomis intervyu berdi.
- O‘yin haqida fikringiz?
- Yaxshi qarama-qarshilik bo‘ldi. Har ikki jamoa birinchi uchrashuvdan farqli o‘laroq ehtiyotkorlikni tanladi. Durang o‘yinga mos bo‘ldi deb ayta olaman. Endi keyingi bellashuvga hozirlik ko‘ramiz.
- "Paxtakor" haqida nima deya olasiz?
- "Paxtakor" - kuchli jamoa. Birinchi o‘yindayoq bu jamoaning qanchalik kuchli ekanini ko‘rgandik. "Paxtakor" bilan ikki o‘yinda 4 ochko oldik va bundan juda xursandmiz.
- O‘yindan oldin "Al Hilol" tarkibida yo‘qotishlar bor edi.
- Ha, shunday. Test natijalari ijobiy chiqqani bois bir nechta futbolchimiz maydonga tusha olmadi. Shunga qaramay, bahsni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik. Futbolda muhimi yaxshi natija qayd etish. Dohaga kelgan barcha futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata olishadi. Jamoamizda yaxshi kayfiyat hukmron.
- Keyingi o‘yin haqida nima deya olasiz?
- Hozircha bir narsa deyishim qiyin. Chunki endigina "Paxtakor" bilan bahsni tugatdik. Endi navbatdagi to‘qnashuv haqida o‘ylaymiz.
- Dohadagi sharoitlar haqida fikringiz?
- Hammasi joyida. Mehmonxona va futbolchilarga yaratilgan sharoit zo‘r. Tashkilotchilik ham yuqori. Biz ham shu yerda bo‘lib turganimizdan xursandmiz. Maqsadimiz esa ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempionlar ligasida zafar quchish. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar