21:21 / 02.10.2020
3 436

Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi

Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi
Kecha "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaga yo‘l olgani haqida xabar bergandik. Hamyurtimiz Italiyaga yetib bordi.
U yerda nafaqat Italiyaning, balki butun dunyoga mashxur sky sport nashri Eldor Shomurodov haqida quyidagi sarlavha ostida xabar yozdi:
- "Jenoa", mana Shomurodov. O‘zbekistonlik "Messi" keldi.

"Rostov" muxlislari Messiga taqqoslagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaga yetib keldi. U Drogba va Torresga havas qiladi hamda Rivaldo va Mourino bilan uchrashgan. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi, - deya yozilgan nashrda.

Shomurodov "Jenoa" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Uning uchun Italiya klubi "Rostov"ga 9 million yevro to‘laydi. Eldorning o‘zi esa, yillik 600-700 ming yevro maosh olishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyaning dunyoga mashhur nashrlaridan biri: "Jenoa", mana o‘zbekistonlik "Messi" keldi