O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga boy bergan o‘yini haqida mulohazalar bildirilishda davom etmoqda. “Qizilqum” klubining bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov esa sports.uz muxbiri bilan suhbatda terma jamoamizning o‘yini borasida o‘zining ochiq va dangal fikrlarini aytdi.
- Hamidjon aka, milliy terma jamoamizning Eronga qarshi uchrashuvida darvozabonimizga nisbatan tanqidiy fikrlar ko‘p aytilmoqda. Uning o‘rniga jamoangiz sharafini himoya qilayotgan Ignatiy Nesterovning qaytarilishini xohlamoqdalar...
- Men ham qo‘shilaman. Lekin futbolda bunday xatolar bo‘lib turadi. Suyunov jiddiy xatolar qiladigan futbolchi emas, aslida. Lekin futbolning ichida hamma narsa bo‘ladi. Yana bir tomoni borki, “Paxtakor” kuchli raqiblarga qarshi kam o‘ynagan. Natijada darvozabonlar u qadar jiddiy hujumlarga duch kelmagan. “Paxtakor”ning himoya chizig‘i ham kuchli. O‘ylaymanki, shu holat Suyunovni biroz bo‘shashtirib qo‘ydi. Menimcha, “Paxtakor” o‘ynayapti, deb o‘ylagan (kuladi). Lekin u ham ajoyib posbon. Suyunov yomon, Nesterov yaxshi, deya olmayman. Orada ancha tanaffus bo‘lgani uchun Eldor bunaqangi katta o‘yinlarga endi chiqyapti. Shuning uchun uni to‘liq tayyor emas, deb o‘ylayman.
- Nesterovni terma jamoaga chaqirilmayotgani sizni ajablantirmayaptimi? O‘zi u termada o‘ynashga tayyormi?
- Nesterov jahon termasida o‘ynashga tayyor! O‘zi bilan ham gaplashganman. Nima uchun chaqirmayotganligini o‘zidan so‘rab berishim ham mumkin. Gapning ochig‘i, Abramov bilan Nesterovning o‘rtasida sovuqchilik bor.
- Umuman olib qaraganda, terma jamoamizning Eronga qarshi o‘yini sizda qanday taassurot qoldirdi?
- O‘yinimizda hech nima ko‘rinmadi. O‘zimizni Superliga klublarimizga qarshi o‘yinga tayyorlangandek bo‘lishdimi, qanday tarkib qo‘ydi, hammasi murabbiyning fikri, natija uchun u javobgar. Lekin o‘yindan xafa bo‘ldik. To‘g‘ri, Eldor Shomurodov gol urdi, lekin kutilmaganda bo‘ldi. Men faqat ko‘rganlarimni aytyapman.
- Demak, terma jamoamizda muammolarimiz ko‘p, to‘g‘rimi?
- Ha. Kerakli, mehnat qiladigan boshqa futbolchilar ham chaqirilmayapti. Ko‘zi yonadigan o‘yinchilar chetda qolib ketyapti. Shundan ranjidim.
- Masalan, kimlarni nazarda tutyapsiz?
- Buni ayta olmayman. Biroq termaga jalb etilganlarning yarmi o‘zi uchun o‘ynayapti. Birortasida ko‘zi yonish, vatanparvarlik ruhini sezmadim. Birgina Eldor Shomurodov nimadir qilish uchun harakat qilib ko‘rdi. Boshqasida esa, fidoyilikni ko‘rmadim. Vatan sha’ni uchun o‘yin bo‘layotganida boshqacha harakat qilish lozim. Bu o‘rtoqlik bo‘ladimi yoki rasmiymi, muhimi terma jamoa o‘ynayapti. Axir o‘rtoqlik bellashuvi bo‘lgani bilan buni reytingga ta’siri bor-ku. Balki yana boshqa legionerlarimiz kelmagani ham ta’sir qildimi, bilmadim.
- Odil Ahmedovning yo‘qligi bilindi, demoqchimisiz?
- Odil Ahmedovning yo‘qligi yoki borligi haqida gapirganim yo‘q. Faqat kechagi o‘yinda futbolchilarimizda ko‘zi yonish, azart va shijoatni ko‘rmadim.
- Fikringizcha, terma jamoamizning asosiy muammosi nimada?
- Asosiy muammo ruhiyatda. Ruhshunoslarimiz yigitlarni o‘yinga tayyorlay olmayapti.
- Murabbiy ruhshunos degani-da?!
- Yo‘q, har bir jamoaning o‘z ruhshunosi bor. Murabbiy esa o‘zining ko‘rsatmasini beradi. Ishlash kerak, futbolchilar bilan gaplashish lozim. Hamma narsa birinchi sinfdan boshlanadi. Bugun o‘rtoqlik o‘yinida shunday o‘ynasak, ertaga rasmiy uchrashuvda qanday o‘ynaymiz? Har bir bellashuvda azart bo‘lishi kerak. Hattoki, mashg‘ulotlarda shu narsa sezilishi darkor. Futbolchilarga ko‘proq motivatsiya berish kerak.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar