Maqola avvalida, Eldor Shomurodovni bir tomondan o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari, ikkinchi tarafdan rossiyalik, xususan, rostovlik muxlislar qo‘llab-quvvatlab turganini alohida ta’kidlash lozim. O‘z navbatida, genuyaliklar ham hujumchimizni yaxshi qabul qildi.
Eldorning Italiyadagi debyutini ko‘pchilik alohida e’tibor bilan kuzatdi. Harqalay, “Verona” maydonida bo‘lgan uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan hamyurtimiz o‘z jamoadoshlaridan qolishgani yo‘q. Safardagi qimmatli bir ochkoga o‘z hissasini qo‘sha oldi.
Xorij ommaviy axborot vositalarida 25 yoshli hujumchimiz debyuti bo‘yicha tahliliy materiallar chop etila boshladi. Bu yaxshi albatta. Shu tariqa, o‘zbek futboliga nazar tashlanadi. Eldor ortidan yana kimlardir Yevropaga ketib qolishini hamma muxlislar ajoyib syurpriz sifatida qabul qilsa kerak.
“Jenoa”ning asosiy odami – bosh murabbiy Rolando Maranning Eldordan umidi katta. U buni o‘yindan oldin shunday izhor qilgandi:
- Eldor 5-6 kundan beri umumiy guruhda shug‘ullanyapti. U harakat qilyapti va o‘yini menga ma’qul. Jamoa uslubiga kirishib ketishiga biroz muddat kerak. Yangi chempionatga moslashish ham vaqt oladi. Men Shomurodov o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatayotganini aytishim mumkin.
Shomurodov 63-daqiqa to‘p surgan o‘yinda “Jenoa” durang uchun o‘ynagandek ko‘rindi va maqsadiga yetdi. Genuyaliklar asosiy e’tiborni jamoaviy himoyalanishga, raqibni qarshi hujumda ushlashga va qanotlardan uzoq masofaga to‘p oshirib, hujum qilishga e’tibor qaratdi. Bu uslub uchun Shomurodov tipidagi hujumchilar ideal variant. Chunki Eldorning bo‘yi balandligi unga “ikkinchi qavatdagi” kurashlarda ustunlik beradi, tezkorligi bo‘sh zonalarga qochib keta olishini ta’minlaydi. Bu usulda o‘ynaydigan jamoada Eldor uchun yaxshi imkoniyatlar ko‘p bo‘ladi.
O‘yinda Shomurodov to‘pni egallab olish, korpusdan foydalanish, fol ishlash, raqibdan qochish, pozitsiya tanlashdagi qobiliyatlarini va yaxshi jismoniy tayyorgarlikka egaligini ko‘rsatdi. Shomurodov zaxiraga olinganidan keyin “Jenoa” maydonning raqib egalik qiladigan tomonidan to‘pni egallashda muammolarga duch kela boshladi. Eldorning o‘rniga maydonga tushgan Skamakka birorta yakkakurashda ustunlik qila olmadi.
Shomurodov ortga qaytib, himoyaga yordam bergani, maydon markazida raqiblardan to‘pni olib qo‘ygani, veronaliklarning paslarini to‘sgani ham o‘zbek futbolchisining yutuqlaridan.
Hujumchining kamchiliklari ham ko‘rindi. Birinchi navbatda, Eldor jamoaviy o‘yinga kirishib keta olgani yo‘q. Ko‘pincha, asosiy epizodlardan chetda yurdi. To‘p unga oshirilmagan paytlar, maydonda ishsiz qolib ketdi. Hujum paytida yaxshi ochila olmadi va natijada yarim himoyachilar kimga to‘p oshirishni bilmay qoldi. Bunaqa vaziyatda Eldor o‘zini ko‘rsatishi shart. Chunki genuyaliklar uchun har bir muvaffaqiyatli hujum oltinga teng. Sababi, jamoa hujumkor emas.
Yana bir katta minus – darvozaga zarba berishdagi no‘noqlik. Eldor hujumchi bo‘lsa-da, darvozabonni qiynaydigan birorta zarba berolmadi. O‘zbekistonlik legioner bunday vaziyatlarda pas bertishni ma’qul topdi. Ayniqsa, to‘pni orqaga ko‘p uzatdi.
Eldorning texnikasi yaxshi bo‘lsa-da, raqib himoyachilarini aldab o‘tib, zarba berishga harakat qilmadi.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, Eldor Shomurodov o‘zining eng zo‘r o‘yinini ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, boshqalardan ortda qolgani yo‘q. Hamma undan qisqa fursat ichida o‘yini ochilib ketishini kutayotgani ham sir emas. Eldorda kamchiliklarini yo‘qotish va ustunliklarini yanada kuchaytirish orqali “Jenoa” yetachilaridan biriga aylanishi uchun unda katta salohiyat bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi