10:23 / 27.10.2020
3 134

«Tez orada yana cho‘qqiga qaytamiz». Habib Nurmagomedovning kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ldi

«Tez orada yana cho‘qqiga qaytamiz». Habib Nurmagomedovning kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ldi
Foto: Instagram
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining faoliyatini yakunlashi haqidagi qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.

«Barcha davrlarning buyuk jangchisi bilan xayrlashamiz va buyuk murabbiyni qarshi olamiz. U yangi chempionlarni tarbiyalash uchun menga qo‘shildi», — deya yozadi Mendes o‘z Instagram sahifasida.

O‘z navbatida Habib murabbiyning bu gaplariga javob qaytardi. «Bizda yosh avlod o‘sib kelmoqda. Tez orada yana cho‘qqiga qaytamiz. Senga yordam berishni istaymanmi? Men senga yordam beraman. Necha yildan beri senga yordam berib kelaman, murabbiy», — deya javob qildi Habib.

24 oktabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan UFC 254 asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keldi. Unda rossiyalik sportchi ikkinchi raundda raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Tez orada yana cho‘qqiga qaytamiz». Habib Nurmagomedovning kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ldi