O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi.
Ro‘yxatga e’tibor beradigan bo‘lsak avvalgi yig‘inga jalb qilinganlar orasida katta farqni ko‘rmaymiz. Ajablanarli tomoni muntazam termaga taklif qilinib kelayotgan Eldor Suyunov, avvalgi yig‘inlarda ishtirok etgan Jasur Yaxshiboyev galdagi o‘rtoqlik uchrashuvlariga taklif etilmadi. Albatta, har qanday holatda ham bosh murabbiyning qaroriga hurmat bilan qarash lozim. Lekin, so‘nggi turlarida jamoasi safida harakat qilayotgan futbolchilarning o‘yinidan kelib chiqib bu borada o‘z fikrlarimizni bildirishga qaror qildik.
O‘tkir Yusupov (“Navbahor”) – Namanganliklar posboni hisoblangan O‘tkir Yusupov ushbu mavsum o‘z jamoasi safida barqaror va ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Garchi “Navbahor” bu yil Superligada muvaffaqiyatli ishtirok eta olmayotgani bo‘lsada Yusupovning o‘yinida o‘sish borligini ko‘rishimiz mumkin. Joriy yildagi statistikasi esa quyidagicha ko‘rinish olgan 20ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 15ta to‘p olib chiqdi, 9ta quruq o‘yin o‘tkazdi va jamoasining ikki goliga assistentlik qildi. To‘pga nisbatan reaksiyasi tezligi va jamoaning hujumini boshlay olish qobiliyati Yusupovda yaxshi shakllangan. Fikrimizcha u milliy jamoaning ushbu yig‘iniga chaqirilishga munosib edi.
Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”) – Vadim Abramovning terma jamoaga “Bunyodkor”dan ko‘p o‘yinchi olayotganligi muxlislarning tanqidiga sabab bo‘lmoqda. Lekin, har qanday murabbiy ham o‘zi bilgan, tanigan va ishongan futbolchilarga tayanishni ma’qul ko‘radi. Bunday holat avval terma jamoada ishlagan murabbiylarda ham ro‘y bergan. Biroq, “Bunyodkor”ning bu mavsumdagi g‘alabalarida jamoa yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinovning hissasi katta bo‘lmoqda. Uzoqdan yo‘llanadigan ajoyib zarbalar, kutilmagan nostandart qarorlarga ega To‘xtasinovni ham terma jamoaga chaqirilishi kutilgandi. Futbolchi hozirda 9ta gol bilan jamoasining to‘purarlar qatorini boshqarib turibdi. Abramov esa buni yarim himoyachining nuqtasida raqobat va tanlov imkoniyati kengligi bilan bog‘ladi.
Jasur Yaxshiboyev (“Shaxtyor”) – Belarus chempionatida javlon urayotgan, raqiblar darvozasiga qator gollarni taxlayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev terma jamoaning bu galgi yig‘inidan chorlov olmadi. Buning sababi esa Abramovning o‘zigagina ayon. Chunonchi, “Shaxtyor”ning so‘nggi uchrashuvlarini inobatga oladigan bo‘lsak Yaxshiboyev ham milliy jamoaga chaqirilishga loyiq o‘yin ko‘rsatayotgan edi. "Belshina" - "Shaxtyor Soligorsk" uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchi xet-trik qayd etdi. Belarus chempionatida 16 golini urgan Yaxshiboyev to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda ketmoqda.
Ikrom Aliboyev (“Seul”) – O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng kuchli chizig‘i yarim himoya hisoblanadi. Barcha davrlarda ushbu nuqtada raqobat yuqori bo‘lib kelgan. Hozirda ham shunday vaziyat yuzaga kelganini ko‘rishimiz mumkin. Texnik jihatdan kuchli Ikrom Aliboyev ham Suriya va Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yinlariga taklif qilinmadi. Oxirgi vaqtlarda o‘z jamoasida barqaror to‘p tepa olmayotgan bunga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shoxruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) – Texnik jihatdan tezkor hujumchi Shohruz Norxonov oxirgi turlarni yaxshi o‘tkazmoqda. Oraliqda ma’lum vaqt jarohatini davolagan futbolchi yana o‘z sport formasiga qaytdi. “Buxoro” bilan o‘yinda dubl qayd etdi, statistikasi ham chakki emas 19ta o‘yinda 10ta gol. Norxonovdagi kreativlik unga qanot va markazda erkin harakat qilish imkonini beradi. Shuningdek ortga qaytgan holda jamoadoshlarini to‘p bilan qo‘llab-quvvatlay oladi. Jasur Hasanov va Shohruz Norxonov birgalikda ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda.
Albatta, terma jamoaga kimni chaqirish yoki chaqirmaslik murabbiyning ishi, bizni bu borada e’tirozimiz yo‘q. Ammo, oxirgi turlarda jamoalarning o‘yinlarini kuzata turib yuqoridagi fikrlarni bildirishni lozim topdik.
Abdulaziz Iskandarov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi