Foto: Yandex Photos
«Bunyodkor» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Rivaldo top-klublar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Yevropa Premer Ligasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bunday musobaqalarni tashkil qiladiganlar futbol olamidan emas, hech qachon o‘ynamagan va bu haqda hech narsa tushunmasligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Bunday musobaqa katta va kichik klublar orasidagi tengsizlikni oshiradi, xolos. U asosiy sport prinsiplarini yo‘qqa chiqaradi. Bu futbolning o‘limi», — deydi Rivaldo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa kuchli beshlik ligalarining o‘ndan ortiq klubi Yevropa Premer Ligasi nomi ostida yangi musobaqa tashkil qilishga urinayotgani haqida xabarlar yangragandi. Tashkilotchilar musobaqani FIFA tasnifi ostida 2022 yildayoq yo‘lga qo‘ymoqchi ekani aytilgandi. Unda 16–18 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaganlar ichida braziliyalikning sobiq jamoasi «Barselona» ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi