1 971
Diyor Imomxo‘jayev: «Pandemiya sharoitiga qaramay barcha musobaqalarni oxirigacha o‘tkazishga erishdik»
Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev «Sport-TV» telekanali orqali efirga uzatilgan ko‘rsatuvda tashkilotdagi faoliyati va rahbarlik uchun bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak saylov haqida gapirdi.
- "Oldindagi rejalarimiz haqida gapirmay qo‘ya qolamiz, ular amalga oshirganimizdan keyin ko‘rinadi. Pandemiya sharoitiga qaramay barcha musobaqalarni oxirigacha o‘tkazishga erishdik, reglamentga o‘zgarish kiritdik, klublarning badal pullarini kamaytirish borasida ishlarni boshladik, yanada rivojlanishda davom etamiz.
Yana bir gap, yaqinda PFL rahbarligi uchun saylovlar o‘tkazilishi haqida xabarlar chiqdi. Aslida bizning sohada bu narsa yo‘q, lekin biz bu ishni albatta amalga oshiramiz. Saylovda yutqazib, PFLda ishlamasam ham mayli, ammo unga qadar ishlashda davom etamiz. 2022 yilga qadar aniq rejalarimiz bor. Agar imkoniyat berilsa va ishonch bildirilsa, bizga tajribali odam kerak bo‘lmaydi. Shu o‘rinda yoshlarga ishonch bildirgan holda, adolatni qaror topshirishda kuch bo‘lib turgan O‘FA prezidentiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Nasib qilsa, yaqin bir oy ichida yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi. Nimalar bo‘lishini o‘zingiz bilib olasiz", - deydi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Diyor Imomxo‘jayev o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar yangradi. Bir qancha muddatdan keyin Imomxo‘jayev o‘z lavozimidan ketmaganini ma’lum qildi. Keyinchalik mavsum yakunida PFL bosh direktorligi uchun saylovlar o‘tkazilishi haqida xabarlar chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi