13:55 / 16.11.2020
3 152

Bugun Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz ringga ko‘tariladi

Bugun Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz ringga ko‘tariladi
Rossiyaning Krasnogorsk shahrida “Vegas City Hall” arenasida professional boks kechasi bo‘ladi. Asosiy janglardan birida yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Mishyula bilan raqobatlashadi.

Professional bokschilik faoliyatini 2015 yili boshlagan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi shu kunga qadar, 18 ta jangning barchasida zafar quchgan va 16 marta muddatidan oldin g‘alabaga erishgan.

Uning raqibi Dmitriy Mishyula to‘qqizta g‘alaba (to‘rtta nokaut), uchta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. Belaruslik bokschi havaskorlar o‘rtasidagi faoliyatini ham davom ettirmoqda va o‘tgan yili o‘z mamlakati chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Shohjahon Ergashev va Dmitriy Mishyula o‘rtasidagi reyting jangi sakkiz raund qilib belgilandi.
Krasnogorsdagi boks kechasida yana ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ham reyting janglarida ishtirok etadi.

Yarim o‘rta vazn toifasida (66.6kg) faoliyat olib borayotgan Mirzakamol Ne’matov o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazadi. Shohjahon Ergashevga qarashli "Shohjahon_Gym" zalida shug‘ullanayotgan Mirzakamol professional bokschilik faoliyatini shu yilning sentabr oyida boshlab, debyut uchrashuvida Dmitriy Antipovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Uning bu galgi raqibi Rossiya sharafini himoya qilayotgan Alisher Ashurov bo‘ladi. Bu Alisher uchun faoliyatidagi o‘ttizinchi jang hisoblanadi. Bellashuv to‘rt raund qilib belgilandi.

Rossiyadagi professional janglarda qatnashayotgan yana bir hamyurtimiz Alisher Shodiyev uchinchi marotaba ringga ko‘tariladi.

25 yoshli samarqandlik charm qo‘lqop ustasi o‘tgan yili dekabr oyida tashkil etilgan ilk uchrashuvida beshta g‘alabadan iborat rekordga ega bo‘lgan rossiyalik Aslan Kabisovga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ygan edi.

Alisher bu yil sentabrdagi ikkinchi jangida Mutrib Karambaxshovni mag‘lub etib, g‘alabalar hisobini ham ochdi. Endi o‘zbekistonlik bokschi uchinchi jangida xuddi o‘zi singari bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat qayd etgan rossiyalik Muhammadrizo Mutalibovga qarshi jang qiladi.

Alisher Shodiyev va Muhammadrizo Mutalibov o‘rtasidagi reyting jangi olti raund davom etishi rejalashtirilgan.

Ushbu professional boks kechasi Sport TV kanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berilishi rejalashtirgan. Janglar Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz ringga ko‘tariladi