date

Erkin Boydullaev: «Muxlislar qo‘llab-quvvatlab turishsa, «Nasaf» OChLda guruhdan chiqadi»

Erkin Boydullaev: «Muxlislar qo‘llab-quvvatlab turishsa, «Nasaf» OChLda guruhdan chiqadi»

«Nasaf»ning Turkiya yig‘ini kecha o‘z nihoyasiga etdi. Etakchi yarim himoyachi Erkin Boydullaevning xorij yig‘ini haqida fikr bildirdi:

— Yig‘in davomida murabbiylar bergan barcha ko‘rsatmalarni bekamu ko‘st bajarishga harakat qildik. Garchi bu yig‘inda ko‘plab nazorat uchrashuvlarida qatnashgan bo‘lsak-da, har kuni mashg‘ulotlarda ma’lum “yuklama”larni bajardik. Bu albatta mavsum davomida bizga asqotadi. Qolaversa, yig‘inda bir qator kuchli klublarga qarshi maydonga chiqib, o‘z imkoniyatlarnimizni chamalab oldik.

OChL bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Guruhdagi raqiblarimiz haqida nima deya olasiz?
— Albatta, nazariy mashg‘ulotlarda guruhdagi raqiblarimiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, ularning o‘yin uslublari bilan tanishdik. Umuman olganda hammasi o‘z qo‘limizda. Guruhdan bosqichidan keyingi bosqichga chiqish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Buni amalga oshirsa bo‘ladi. Muhimi muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, yangi mavsumda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritamiz.

Manba: www.stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Erkin Boydullaev: «Muxlislar qo‘llab-quvvatlab turishsa, «Nasaf» OChLda guruhdan chiqadi»