21:42 / 28.11.2020
3 326

Mayk Tayson qanday qilib 45 kg vazn tashlaganini ma’lum qildi

Mayk Tayson qanday qilib 45 kg vazn tashlaganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson to‘rtta vazn toifasi sobiq chempioni Roy Jonsga qarshi jang oldidan vazn tashlagani haqida gapirdi. Tayson vegetaryanlik va tinimsiz mashg‘ulotlar sabab 45 kilogramm vazn tashlagan.

«Formaga qaytish juda qiyin bo‘ldi, biroq faqat bitta sabab tufayli: men 100 funt (45,4 kg) vazn tashlashga majbur bo‘ldim. Buni butun faoliyatim mobaynida qilib kelganman.

Bunga qanday erishdim? Birinchidan, veganga aylandim. Turmush o‘rtog‘im yugurish yo‘lakchasidan foydalanishni maslahat berdi. Avvaliga 15 daqiqadan boshladim, keyinchalik bu 2 soatga qadar davom etadigan bo‘ldi. Mashg‘ulot zaliga borishda davom etdim va o‘z diyetamni nazorat qildim
», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 29 noyabr tongi soat 08:00—09:00 oralig‘ida boshlanadi.
Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jangni bu yerda ko‘rish mumkin — havola.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson qanday qilib 45 kg vazn tashlaganini ma’lum qildi