08:35 / 29.11.2020
2 340

Futbolni tushunmaganlar Shomurodov haqidagi gapirmasin!

Futbolni tushunmaganlar Shomurodov haqidagi gapirmasin!
Eldor Shomurodov legioner sifatida murakkab davrni boshdan o‘tkazyapti. Kuchli beshlik chempionatlarida o‘z o‘rnini topish hech kimga oson bo‘lmagan. A Seriya ham bejizga eng kuchlilar qatoriga kiritilmagan.

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan futbolchi sifatida Eldor Shomurodov ham o‘zi duch kelayotgan qiyinchiliklar, muammoalar, sinovlar va ayniqsa, turli bosimlarni yengib o‘tishi shart. Yevropa futboliga kirish oson emas. Bu hamma biladigan haqiqat.

Shuning uchun ham o‘zbekistonlik legioner ko‘plab mutaxassislar, agentlar, muxlislar e’tibori va diqqat markazida turgani tabiiy hol. O‘z navbatida, Eldor haqidagi fikrlar, taxminlar va tahlillar ham turlicha bo‘lmoqda. Xalqimizda “hamma o‘z qarichi bilan o‘lchaydi”, degan gap bejizga aytilmagan.

Yaqinda italiyalik mashhur agent Marko Trabukki Shomurodov haqida o‘z fikrlarini bildirgan edi.

Trabukki “Jenoa” Shomurodovni transfer qilib katta xatoga yo‘l qo‘ygani, bundan faqat “Rostov” yutgani, genuyaliklarning o‘yin uslubi Eldorga umuman mos kelmasligini, u hujumkor futbol ko‘rsatadigan va tarkibida Roman Yeryomenko singari mohir pleymeyker bo‘lgan jamoani tanlashi kerakligini aytdi.

Shuningdek, Trabukki Shomurodov Italiya futboliga moslasha olmay, tez orada yarim narxiga Rossiyaga ketishini ham alohida ta’kidladi.
Uning iddaolari e’tiborsiz va javobsiz qolmadi, albatta. Eldor Shomurodovning “Rostov”dan “Jenoa”aga transfer qilinishida bosh bo‘lgan ProSports Management kompaniyasi mutaxassisi Qahhor Mo‘minov Trabukkining gaplariga keskin munosabat bildirdi.

- Marko, yaxshi menejer bo‘lishi mumkin, lekin u futbolni kam tomosha qiladi va yaxshi tushunmaydi. O‘zini xuddi italiyaliklardek tutgani kabi, futbol bilimdoni ekanini ham ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Trabukki klubning sobiq direktori bilan aloqada va shuning uchun shunaqa bo‘htonlar tarqatib yuribdi.

Eldorda yangi chempionatga moslashish jarayoni ketyapti. Afsuski, jarohat tufayli uch haftani o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Kuni kecha, Genuya derbisida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi, yaxshi o‘ynadi, Skamakkaning birinchi goliga assistentlik qildi. Jamoasi muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi. Futboldan tashqaridagi hayoti ham bir maromda davom etyapti, italyan tilini o‘rganyapti. Hammasi risoladagidek davom etmoqda.

Roman Yeryomenko – zo‘r futbolchi, “Rostov”da Eldorga ko‘p yordam bergan. Lekin Shomurodovga hammasi bo‘lib ikkita golli pas oshirgan xolos
, - dedi Qahhor Mo‘minov Marko Trabukkining tanqidiga javoban.

Eldor Shomurodov Rossiya premer-ligasidan Italiya jamoasiga ko‘chib o‘tganidan beri jami to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi. Ikkita o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi va ikki marta zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Umuman olganda, vaqt o‘tgani sari uning o‘yinida ijobi o‘zgarishlar, jamoaga qo‘shilib borayotgani ko‘zga tashlanmoqda.

Shomurodov “Jenoa” ishtirokidagi bellashuvlarda havodagi to‘plar uchun kurashda, hujum tashkil qilishda faol ekanini ta’kidlash lozim. Ko‘pchilikka hujumchimizning ortga qaytib o‘ynashi ham ma’qul kelmoqda. Debyut goli ham pishib kelayotganiga umid qilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolni tushunmaganlar Shomurodov haqidagi gapirmasin!