Foto: WhoScored
Futbol chempionatlari statistikasi va futbolchilar reytingini hisoblab boradigan WhoScored portali «Jenoa» — «Parma» uchrashuviga (1:2) oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, genuyaliklar hujumchisi Eldor Shomurodov 10 ballik tizimda 7,7 ballga loyiq ko‘rilgan. Bu «Jenoa» futbolchilari orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Eldor «Parma»ga qarshi o‘yinda jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi. Shuningdek, u darvoza tomon uchta zarba yo‘lladi va ularning ikkitasi aniq bo‘ldi.
25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining 15 ta uzatmasidan 10 tasi aniq bo‘ldi (67%). Yuqori qavatda to‘rt bor kurashga kirishib, ularning uchtasida g‘olib chiqdi va bir marta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi. Eldor uchrashuvning 69-daqiqasida zaxiraga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi