17:25 / 05.12.2020
4 243

"Spartak" Oston O‘runov transferi bo‘yicha rasmiy taklif oldi

"Spartak" Oston O‘runov transferi bo‘yicha rasmiy taklif oldi
"Rubin" "Spartak" safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Oston O‘runovga qiziqish bildirmoqda. "Biznes onlayn" manbasiga ko‘ra, qozonliklar 19 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha moskvaliklarga rasmiy taklif yubordi.

"Rubin" O‘runovning transferini yanvardayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Avgustda "Ufa" dan "Spartak" ga transfer qilingan Oston klub bosh direktori Shamil Gazizov bilan bog‘liq vaziyat sabab, yarim mavsumdan so‘ng poytaxt klubini tark etishi mumkin.

O‘runovning transferi qozonliklar uchun 2 million yevroga tushishi mumkin. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Spartak" safida RPLda oltita o‘yinda maydonga tushib, golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.

Ammo klub rahbariyatining O‘runovni transfer qilish rejasi mahalliy muxlislarga ma’qul kelmayapti va ular yarim mavsum oldin xarid qilinib, uzoq vaqtli shartnoma imzolagan iqtidorli futbolchini sotib yuborish emas, ijaraga yuborish to‘g‘ri variant bo‘lishi haqida ta’kidlashmoqda.

"Rubin" o‘zbek futbolchilari uchun begona klub emas. 2019 yilda O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov qozonliklar safida yarim mavsum to‘p surgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Spartak" Oston O‘runov transferi bo‘yicha rasmiy taklif oldi