3 391
Entoni Joshua Kubrat Pulevga qarshi. Bugun tunda 4 ta chempionlik kamari uchun jang bo‘ladi
Foto: Twitter
Boks bo‘yicha WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlarida Jahon chempioni Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) navbatdagi jangini bolgariyalik bokschi Kubrat Pulevga (28-1-0, 14 KO) qarshi o‘tkazadi.
Og‘ir vazn toifasi vakillari o‘rtasidagi jang g‘olibi bir yo‘la to‘rtta kamarga ega bo‘ladi. Londondagi boks kechasi Toshkent vaqti bilan 12 dekabrdan 13 dekabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Asosiy jang 03:00—04:00 atrofida boshlanishi taxmin qilinmoqda.
Jangdan oldin Joshua va Pulev vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Unga ko‘ra sportchilar quyidagi vaznlarni qayd etdi:
Entoni Joshua — 108,8 kg
Kubrat Pulev — 107,9 kg
Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua va Kubrat Pulev o‘rtasidagi jang bunga qadar ikki bor bekor bo‘lgandi. 2017 yilda jangning o‘tkazilishiga bolgariyalik sportchining jarohati to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, 2020 yilgi jang koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...