08:03 / 21.12.2020
3 133

Moskvada olti g‘ildirakli «Gelik» qariyb 1 mln dollar qiymatida sotuvga qo‘yildi

Moskvada olti g‘ildirakli «Gelik» qariyb 1 mln dollar qiymatida sotuvga qo‘yildi
Foto: «Auto.ru»
Rossiyada pikap kuzovidagi noyob Mercedes-Benz G 63 AMG sotuvga qo‘yildi. Kengaytirilgan arkali 6x6 g‘ildiraklar formulasiga ega avtomobil 69,9 million rublga (952 ming dollar) baholanmoqda. Taqqoslash uchun, rasmiy dilerlarda yangi Gelandewagen AMG ikki barobar arzonroq turadi, deb xabar beradi Motor.

Uchta o‘qqa ega G-Class pikaplari 2013 yildan 2015 yilga qadar Avstriyaning Gras shahrida ishlab chiqarilgan. Bu kabi «Gelik»larga G 320 CDI shassisi o‘rnatilgan bo‘lib, uni Mercedes-Benz xodimlari yuzga yaqin nusxada yaratgan.

Yo‘ltanlamas uzunligi 5875, eni — 2110, balandligi esa 2280 millimetrni tashkil etadi. Qirqilmagan «ko‘prik»lar portal shakldagiga almashtirilgan bo‘lib, mashinaning tub qismi va yo‘l orasidagi masofa 460 millimetrga qadar uzaytirilgan. Bu kabi jihozlangan pikapning og‘irligi 3,9 tonnani tashkil etadi.

Foto: «Auto.ru»
Hozirda Moskvada sotuvga qo‘yilgan nusxa 2014 yilda ishlab chiqarilgan va olti yil davomida 7 ming kilometrgina yo‘l bosgan.
Pikap 554 ot kuchiga ega 5,5 litrli ikkita V8 turbokompressori yordamida harakatga keladi. U yetti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Yo‘ltanlamasning soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun olti soniya kifoya, maksimal tezligi — 160 km/soat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Moskvada olti g‘ildirakli «Gelik» qariyb 1 mln dollar qiymatida sotuvga qo‘yildi