09:55 / 24.12.2020
3 221

O‘zbek shaxmatchisi endi AQSH sharafini himoya qiladi

O‘zbek shaxmatchisi endi AQSH sharafini himoya qiladi
Iste’dodli yosh grossmeysterimiz Gulruhbegim Tohirjonova bundan buyon AQSH terma jamoasi sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Xabaringiz bor, opa-singil grossmeysterlarimiz - Nafisa Mo‘minova, Xulkar Tohirjonova va Gulruhbegim Tohirjonova bir necha yil davomida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelishdi. Jahon va Olimpiadada terma jamoamizga muhim ochkolarni yutib olishda o‘z xissalarini qo‘shishdi.

Lekin oxirgi paytda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan o‘rtada yuzaga kelgan nizo sabab grossmeyster qizlarimiz terma jamoadan ketishga majbur bo‘lishdi. Bugungi kunda Nafisa Mo‘minova xalqaro musobaqalarda Yevropa klubi safida munosib dona suryapti. Hulkar farzand tarbiyasi bilan band bo‘lsa, Gulruhbegim AQSH terma jamoasi a’zosiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek shaxmatchisi endi AQSH sharafini himoya qiladi