18:29 / 26.12.2020
1 984

O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va Professional futbol ligasi (PFL) 26 dekabr kuni 2020 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unda 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi murabbiy aniqlandi.

Foto: PFL
O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga «Paxtakor» o‘yinchisi Jaloliddin Masharipov loyiq ko‘rildi.
Hujumkor yarim himoyachi ushbu sovrin uchun kurashda Eldor Shomurodov («Jenoa», Italiya) va Oybek Bozorovni («Nasaf») ortda qoldirdi.

Foto: PFL
«Nasaf» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi.
Berdiyev bu borada «Bunyodkor» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov hamda OKMK ustozi Mirjalol Qosimovni ortda qoldirdi.

Mazkur sovrin egalari OAV xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi asosida aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi