22:45 / 07.01.2021
2 107

«Chet el bukmekerlik idoralari O‘zbekistonda rasmiy faoliyatga ruxsat berilishini kutmoqda»

«Chet el bukmekerlik idoralari O‘zbekistonda rasmiy faoliyatga ruxsat berilishini kutmoqda»
Foto: Yandex Photos
O‘zbekiston hududida 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab bumekerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilishi to‘g‘risida Prezident farmoni e’lon qilingandi.

Login Casino portali Parimatch kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha ijrochi direktori Dmitriy Sergeyev bilan O‘zbekistondagi bukmekerlik bozori haqida suhbat qurdi, deya xabar qilmoqda Spot"ga tayanib Daryo nashri.

«Hozircha o‘zbek bozoriga kirish to‘g‘risida reja tuzish qiyin masala. Pandemiya sabab O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini rasmiylashtirish noma’lum muddatga ortga surildi. Qonunchilik bilan bog‘liq masalalar, ayrim huquqiy hujjatlar va boshqalar hal bo‘lgan taqdirda, eng erta holatda 2021 yilning iyunidan faoliyat boshlanishi mumkin.

O‘zbekistonda bukmekerlik idoralari, onlayn-kazino va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar uzoq vaqt taqiq ostida turdi. Bu holatning qayta ko‘rib chiqilishi rezonansga aylandi.

Bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beradigan litsenziya Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etiladi. Bundan tashqari barcha onlayn mijozlarning kirim va chiqimlari nazorat qiladigan markaz tashkil qilinadi. Hozir shunday holat Qozog‘istonda bo‘lmoqda, 4 yanvardan u yerda shunga o‘xshash markaz faoliyatini boshladi.

Umumiy holatni inobatga olib gapirsam, O‘zbekistonni rivojlanish uchun juda istiqbolli bozor desa bo‘ladi. Bunga sabab avvalo aholi sonining ko‘pligi — deyarli 33 million kishi. Biroq o‘zbek bozorida 2021 yilda bukmekerlik idoralari aktiv tarzda paydo bo‘ladi deb aytib bo‘lmaydi. Ular katta ehtimol bilan avvaliga vaziyatni kuzatadi.

O‘zbekistonda bukmekerlik idoralarining rasmiy faoliyati borasida gapirishga hali erta. Aslida hukumat 2021 yilning 1 yanvaridan bukmekerlik litsenziyalarini berishi kerak. Biroq bu qanday shartlar asosida amalga oshirilishi hali noma’lum.

Shuningdek, bukmekerlar qanday va qancha soliq to‘lashi ham noma’lum. Sabrli bo‘lish va ilk yangiliklar chiqishini kutib o‘tirish kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston bozori MDHdagi ko‘plab bukmekerlik kompaniyalarida qiziqish uyg‘otmoqda. Biroq bozorga kirish katta ehtimol bilan ulkan imkoniyat va texnik tayyorgarlikka ega «katta o‘yinchilar»da amalga oshadi. Ya’ni, bozorning katta qismini yirik kompaniyalar egallab oladi va qolganlarga ular bilan raqobat qilish qiyinchilik tug‘diradi.

Bukmekerlar sport jamoalari va atletlarga homiylik qiladi. Nafaqat, futbol klublari, balki, mahalliy va xalqaro chempionatlarga homiylik qilish mumkin bo‘ladi. Shu sabab bukmekerlik bozori mamlakat sport rivojiga katta turtki bo‘ladi. Menimcha bu katta muammolardan biri bo‘lgan homiylik pullarining yetishmasligini bartaraf etishga yordam beradi.

Masalan O‘zbekistonda futbol, boks, xokkey sport turlari mashhur — bukmekerlar pullariga esa chempionatlar o‘tkazish, klublar tashkil qilish, jamoalarni yig‘inga yuborish va boshqalarni amalga oshirish mumkin.

Shu bilan birga 2020 yilda mamlakatda onlayn bukmekerlik bozori soyada ishlashni davom ettirmoqda va taxminan 80 million dollar daromadga ega. Agar bukmekerlik faoliyatiga rasman ruxsat etiladigan bo‘lsa, keyingi uch yilda bozor besh barobarga o‘sishi mumkin
», — deydi Dmitriy Sergeyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yilning dekabridagi «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chet el bukmekerlik idoralari O‘zbekistonda rasmiy faoliyatga ruxsat berilishini kutmoqda»