08:36 / 10.01.2021
1 867

Alisher Nikimbayev: "PFL hozirgi rahbariyat ostida o‘z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o‘zgartirmaydi"

Alisher Nikimbayev: "PFL hozirgi rahbariyat ostida o‘z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o‘zgartirmaydi"
Kecha o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida quyidagi postni joylashtirdi.
O‘quvchilarimiz e’tiboriga uni o‘zbek tilida taqdim etamiz:

"Championat.asia sayti PFL Bosh direktori vazifasini bajaruvchisi bilan intervyu treylerini e’lon qildi. An’analarga ko‘ra, ushbu amaldor meni eslab o‘tdi va hatto qandaydir maslahatlar ham berdi. Oldin ham yozganimdek, uning men haqimdagi fikrlari qiziq emas, shu sabab javob berish va intervyuni ko‘rishni istamayman.

Ammo, fursatdan foydalanib, ehtimol ayon bo‘lgan bir narsani aytmoqchiman: PFL haqida ortiq yozmoqchi emasman. Menga shunisi ma’lumki, hozirgi rahbariyat ostidagi bu tashkilot o‘z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o‘zgartirmaydi. Ammo bu hatto asosiysi ham emas, hozirgi vaziyat aftidan barchani qoniqtiryapti shekilli. Sentabrda Liga rahbarligi uchun saylovlar bo‘lishi va’da qilingan edi, ammo yanvarga kelib hamma bu haqda unutib yubordi. Klublar chetlarda g‘azablanishmoqda, ammo jamoat oldida jimlar. Jurnalistlar kamchilikni payqamay, maqtashni afzal bilishmoqda. Agar barchasi hammani qoniqtirayotgan bo‘lsa, nega bu meni xavotirga solishi kerak?!

Fikrlarim asossiz bo‘lmasligi uchun. Mana sizga PFL saytidan "skrin". Hujjatlar bo‘limidan 2020 yilning birorta hujjatini topa olmaysiz. Ammo 2016 va 2017 yillarda Liga direktori Farhod Magametov bo‘lgan paytidagi hujjatlar bor. Uni ham tanqid qilganman va hozir ham bundan afsuslanmayman. Ammo Magametov bilan ikki futbol mutaxassisi o‘rtasida normal bahslar bo‘lgan. Bozorcha bahslarda qatnashish, tanqidga javoban oila a’zolarini qo‘shish va shunchaki tuxmat qilish, bu menga xos emas.

Hozirgi bosh direktor vazifasini bajaruvchisi uni boshqarayotgan vaqtda PFL haqida yozishni umuman to‘xtataman. Unga 2030 yilgacha bu lavozimda ishlash nasib etsin
", - deb yozadi Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘z kanalida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev: "PFL hozirgi rahbariyat ostida o‘z xatolarini tan olmaydi va uni yaxshi tarafga o‘zgartirmaydi"