Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ga sobiq legionerlar qaytganini tasdiqladi

Hamidjon Aktamov "Qizilqum"ga sobiq legionerlar qaytganini tasdiqladi
Qizilqum” 14 yanvarda Navoiyda mashg‘ulotlarni boshlashi ma’lum bo‘ldi. Tarkibda esa tabiiyki o‘zgarishlar bo‘lishi shubhasiz.

Yaqinda AGMKning gruziyalik hujumchisi Mate Vatsadzening yana “Qizilqum”ga qaytayotgani haqida xabar bergandik. Bu xabar o‘z tasdig‘ini topdi. Negaki, “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uning yana “Qizilqum”da to‘p surishini tasdiqladi.

Shuningdek, u Vatsadzedan tashqari Elguja Grigalashvilini ham klubga qaytganini ma’lum qildi. Gruziyalik ikkala futbolchi ham AGMKga aynan “Qizilqum”dan ko‘chib o‘tgandilar. O‘tgan yilgi chempionatda Vatsadze 5 ta, Grigalashvili esa 7 ta gol urdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar