date

«Real Madrid» tarixidagi eng muhim sanalar

«Real Madrid» tarixidagi eng muhim sanalar

Madridning «Real» jamoasi muxlislari juda ham ko‘p. Furkat.uz sayti mazkur jamoa tarixida zarxal harflar bilan bitilgan sanalar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

1. 1902 yil 6-mart. Bir guruh futbol muxlislari «Madrid Foot Ball Club» jamoasini tuzishdi. Jamoa boshqaruvini Xuan Padros Rubio o‘z qo‘liga oldi.

2. 1902 yil 13-may. «Madrid» va «Barselona» o‘rtasida ilk «El Klassiko» o‘tkazildi. Unda tarkibida bir qator chet ellik futbolchilar to‘p surgan kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

3. 1902 yilda «Real» «Espanol»ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ilk sovrin «Copa de la Gran Peca»ni qo‘lga kiritdi.

4. 1905 yil 18-aprel. «Madrid» jamoasi o‘z tarixida ilk bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘sha paytda bu musobaqa «Kubok Chempionati» deb atalar edi.

5. 1920-yil 29-iyun. Ispaniya qiroli «Madrid» jamoasiga «Qirollik klubi» unvonini berdi. Shu paytdan boshlab jamoa «Real Madrid» deb nomlana boshladi.

6. 1939-yil 19-aprel. fuqarolar urushidan so‘ng Pedro Parages jamoani qayta tuzishga qaror qildi. Urush paytida maydon buzilgan, futbolchilar turli joylarga tarqalib ketishgan edi.

7. 1943-yil 13-iyun. Ispaniya Kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida «Barselona»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan «Real» javob uchrashuvida raqibini 11:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

8. 1943-yil 15-sentyabr. Jamoa tarixidagi eng buyuk kun. Shu kuni «Real»ga Santyago Bernabeu prezident etib tayinlandi.

9. 1947-yil 14-sentyabr. «Santyago Bernabeu» stadionining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar Portugaliyaning «Os Belenensesh» jamoasini 3:1 hisobida taslim qilishdi.

10. 1956-yil 13-iyun. «Real» ilk bora o‘tkazilgan Chempionlar kubogida muvaffaqiyat qozondi. Madridliklar hal qiluvchi bahsda Fransiyaning «Reyms» jamoasini 4:3 hisobida taslim qilishdi.

11. 1960-yil 15-may. «Real» qatorasiga beshinchi marotaba Chempionlar kubogida g‘olib chiqib rekord o‘rnatdi.

12. 1978-yil 2-iyun. Jamoaga 35 yil davomida prezidentlik qilib kelgan Santyago Bernabeu olamdan o‘tdi.

13. 1985-yil 22-may. «Real Madrid» o‘z tarixida ilk marta UEFA Kubogini qo‘lga kiritdi.

14. 1998-yil 12-yanvar. FIFA «Real Madrid»ni tarixdagi eng yaxshi jamoa deb tan oldi.

15. 2000-yil 23-dekabr. FIFA «Real Madrid»ni XX asrning eng kuchli jamoasi deb e’lon qildi. Florentina Peres va Alfredo di Stefano FIFA prezidenti Yozef Blatterning qo‘lidan mukofotni qabul qilib olishdi.

Furqat Yusupov to‘pladi
Manba: www.Furkat.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real Madrid» tarixidagi eng muhim sanalar