08:37 / 05.02.2021
2 400

Makgregor nima uchun Porega yutqazib qo‘ygani haqida gapirdi

Makgregor nima uchun Porega yutqazib qo‘ygani haqida gapirdi
UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor Dastin Poredan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi.
"Mana, so‘nggi jangimdan lavhalar. Qo‘limda ajoyib trilogiya turibdi!

Jangning har bir soniyasidan zavq oldim. UFCning mashhur oktagonida yana ko‘p vaqtimni o‘tkazishni istayman. Bungacha uch yil ichida 40 soniyagina vaqt o‘tkazgandim. Mashg‘ulotlarga bir tomonlama yondoshdim, asosiy e’tiborimni boksga qaratim yubordim. Chunki bu Pakyao bilan jang uchun yaxshi tayyorgarlik va yaxshi raqib edi. O‘ylaymanki, oyoqdan o‘tkazib yuborgan zarbalarim haqli bo‘ldi.

Shuni hisobga olmaganda zarbalarim kuchli edi, men vaziyatni nazorat qildim. Biroq loukiklar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va 18-zarba oyog‘imni shunchaki yorib yubordi. Bunaqasini birinchi marta his qildim. Shundan so‘ng raqibim yakunni taqdim etdi. Uning oldida qalpog‘imni yechishim lozim. Pore ajoyib jang o‘tkazdi, ammo biz trilogiyani yakunlashimiz lozim
", - dedi Konor Makgregor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor nima uchun Porega yutqazib qo‘ygani haqida gapirdi