Foto: Instagram
Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) 14 fevral, yakshanba tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
AQSHda bo‘lib o‘tadigan ushbu jangda Bektemirga mezbon sportchi Morgan Fitch (19-4-1, 8 KO) raqiblik qiladi. Jang 8 raunddan iborat bo‘ladi.
Boks kechasi Toshkent vaqti bilan 05:00 da boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston telekanallari orqali efirga uzatilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yana bir o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham jang qilishi belgilangandi. Biroq uning raqibi Deyvi Xulio belgilangan muddatga qadar komissiya tasdig‘idan o‘ta olmagani bois jang bekor qilingan.
Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn toifasi (-58,9 kg) vakillari Jozef Dias (31-1, 15 KO) hamda asli tojikistonlik Shavkat Rahimov (15-0, 12 KO) o‘rtasida kechadi.
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev aslida 30 yanvar kuni yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi, rossiyalik Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) bilan jang qilishi lozim edi. Biroq Kovalyovda doping aniqlangani bois jang bekor qiligandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!