19:58 / 15.02.2021
1 767

O‘zbekiston Iordaniyani ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston Iordaniyani ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, Husniddin G‘ofurov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi gol Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritildi. Har ikkala golga assistni Oybek Bozorov mohirona tarzda yetkazib berdi.

O‘zbekiston - Iordaniya 2:0
Gol:
Husniddin G‘ofurov 70, 1:0 Temurxo‘ja Abduholiqov 80, 2:0
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Islom Qobilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Ibrohimhalil Yuldashev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Sanjar Qodirqulov, Akmal Mozgavoy, Aziz Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov, Temurxo‘ja Abduholiqov
Zaxira: Botirali Ergashev, Farruh Sayfiyev, Igor Golban, Husniddin G‘ofurov, Nurillo To‘xtasinov, Vagiz Galiulin, Murod Xolmuhammedov, Oybek Rustamov, Mirjahon Mirahmadov, Oybek Bozorov, Husniddin Aliqulov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Iordaniyani ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi