20:00 / 02.03.2021
1 897

“Barselona”ga zo‘r futbolchi kelyapti

“Barselona”ga zo‘r futbolchi kelyapti
“Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiya o‘z faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik himoyachi mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida yurtiga qaytib ketadi va “Barselona” tarkibiga qo‘shiladi. Garsiya kataloniyaliklar bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi aytilmoqda.

Shuningdek, Erik Garsiyaga da’vogarlik qilgan “Arsenal”ning himoyachi uchun kurashdan chiqqani “Barselona”ning ishini ancha osonlashtirdi.

Erik Garsiya joriy mavsumda atigi uchta uchrashuvda maydonga tushirilgani ham uning Gvardiola jamoasidan ketishiga turtki bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » “Barselona”ga zo‘r futbolchi kelyapti