08:20 / 04.03.2021
1 761

«Barselona» dramatik bahsda «Sevilya»ni yengib, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi

«Barselona» dramatik bahsda «Sevilya»ni yengib, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi
Foto: Twitter / @FCBarcelona
Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/2 final javob o‘yini doirasida «Barselona» 3 mart, chorshanba kuni o‘z uyida «Sevilya»ni qabul qildi.
O‘yinning 12-daqiqasida Usmon Dembele «Barselona»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 90-daqiqada Xerard Pikening goli jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etdi.

95-daqiqada Martin Breytuyeyt mezbonlarning o‘yindagi 3-golini urdi. Qo‘shimcha bo‘limning qolgan daqiqalarida hisob o‘zgarmadi. Qayd etish joiz, Andalusiya klubi o‘yinni ikki kishi kam bo‘lib yakunladi. 90-daqiqada Fernando, 103-daqiqada esa Lyuk de Yong qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Shu tariqa «Barselona» 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:2) finalga yo‘l oldi. Kataloniya klubining finaldagi raqibi «Levante»—«Atletik Bilbao» uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 4 mart, payshanba oqshomiga belgilangan. Ular o‘rtasidagi dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.

Ispaniya Kubogi
1/2 final javob o‘yini

3 mart, chorshanba

«Barselona»—«Sevilya» 3:0
Gollar:
1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 90 Pike, 3:0 – 95 Breytuyeyt.
«Barselona» – ter Shtegen, Alba, Mingesa (Firpo, 78), Langle, Dest (Grizmann, 63), Pedri (Breytuyeyt, 89), de Yong, Dembele (Trinkau, 89), Buskets (Moriba, 78), Pike, Messi.
«Sevilya» – Vatslik, Akunya (Rekik, 54), Kunde, Diyego Karlos, Oliver Torres (Okampos, 62), Aleish Vidal (Navas, 54), Fernando, Jordan (Munir, 105), Suso (Gomes, 79), de Yong (Rakitich, 54), An-Nesiri.

Ogohlantirishlar: Fernando (37), Mingesa (67), Messi (73), Jordan (100), Kunde (101), An-Nesiri (103), Trinkau (119).
Chetlatish: Fernando (90), de Yong (103).
Birinchi o‘yin — 0:2.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» dramatik bahsda «Sevilya»ni yengib, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi