18:45 / 04.03.2021
2 167

Isroil Madrimov yelkasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan yoxud u so‘ngi jangida jarohat olganmidi?

Isroil Madrimov yelkasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan yoxud u so‘ngi jangida jarohat olganmidi?
Hamyurtimiz Isroil madrimov haqida xorijiy nashrlar o‘ziga xos maqola tayyorlagan. Quyida, mazkur maqola tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz.

Profescional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida WBA Super jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblangan hamyurtimiz Isroil Madrimov (6-0, 5 KO) o‘zining so‘ngi 15 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Erik Uokerga qarshi jangida, chap yelka mushaklari lat yeyishi oqibatida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

"Bir necha oylar oldin olingan jarohatdan tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Yana to‘laqonli mashg‘ulotlarga qaytib, aprel yoki may oyida jang qilish niyatim bor", - dedi Isroil Madrimov.

Kelajakda jahon chempioni va boks yulduzi bo‘lishi e’tirof etilayotgan 26 yoshli Madrimov, Erik Uokerga qarshi bahsda o‘z irodasini namoyish etdi. Dastlabki raundlarning birida jarohat olgan bo‘lishiga qaramay, 9-raundda raqibni nokautga uchrata oldi. Ammo, uchrashuv hakami Garri Riter hisobni ochgani yo‘q va zarba yelka bilan berilganligi va qoidaga zid holatda ekanligini ko‘rsatdi. Madrimov faoliyatida ilk 12 raunlik to‘liq davom etgan jangda raqibi ustidan ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

"Uoker o‘zini yomon his qilar va jang 9-raundni o‘zidayoq yakunlanishi kerak edi. Lekin, referi buni qoidaga zid zarba deya xato baholadi. Jang davomida esa Uoker shunchaki jangni oxiriga yetkazish uchun harakat qilayotgandi. Men tez orada yana muxlislarga ajoyib janglar taqdim etish uchun qaytaman va jahon chempioni bo‘lish niyatim yo‘lida davom etaman", - dedi Madrimov.

Uning menejeri Vadim Kornilov esa bu borada quyidagicha fikr bildirdi: "Isroil jangdan so‘ng bu haqda hech narsa demagan edi. Biz buni keyinchalik uning holatiga ta’sir qilganidan keyin bildik. Uoker ko‘pgina jahon chempionlari qochadigan qiyin raqib hisoblanadi. Bazan boks siyosati sabab o‘zimiz xohlamagan holda xatolarga yo‘l qo‘yamiz. Aynan shu jangdan xulosa qilib aytamanki, biz bundan keyin muntazam tayyorgarlikda bo‘lgan raqibga qarshi 5-6 haftalik qisqa muddat ichidagi janglarni qabul qilmaymiz.

Hozirda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganiga 3 oy bo‘ldi. Bizni Madrimov bilan bog‘liq rejalarimiz o‘zgargani yo‘q; katta janglar, katta imkoniyatlar. Biz uni tez orada yana ringga qaytishini intizorlik bilan kutib qolamiz", - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Isroil Madrimov navbatdagi mashg‘ulotlar bosqichini o‘tash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov yelkasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan yoxud u so‘ngi jangida jarohat olganmidi?