Bugun, Rossiyaning Qozon shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatli jihati mazkur jang kechasini hamyurtimiz, og‘ir vazn toifasidagi mashhur sobiq bokschimiz Ruslan Chagayevga tegishli bo‘lgan M-13 promouterlik kompaniyasi tashkil qilmoqda.
Ushbu kechaning markaziy jangida Ruslan Chagayev kompaniyasi mijozi hisoblanuvchi Fotima Dudiyeva ringga ko‘tariladi. Shuningdek, qozog‘istonlik Feruza Sharipova ham o‘ziga tegishli bo‘lgan WBC Silver chempionlik kamarini himoya qiladi.
Albatta, bu oqshomda o‘zbekistonlik bokschi ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ya’ni, Zufar Sulaymonov shogirdi yoshlar o‘rtasida WBC jahon chempionlik kamari sohibi Ravshanbek Mahammadjonov asli o‘zbekistonlik bir necha yillardan buyon Rossiyada faoliyat yuritib, o‘sha yerda mashg‘ulotlar olib borayotgan G‘iyosbek Mamajonovga qarshi reyting jangida ishtirok etadi. Aslida, Ravshanbek Rossiyaning Tambov shahri vakili Roman Klemashovga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, jarohat tufayli u qisqa vaqt qolganda jangda ishtirok eta olmasligini bildirdi.
Bugun, mazkur jang oldidan Face to Face marosimi o‘tkazildi. Hamyurtimiz vazn me’yorini bajara oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi