Isroil Madrimov qiyin kechgan bahsda raqibini ilk mag‘lubiyat bilan «siyladi»

Foto: Twitter
O‘zbekistonlik bokschiga kongolik yengilmas sportchi Emmani Kalombo (14-1, 14 KO) to‘qnash keldi.
Dastlabki raundni har ikki bokschi bir-birini o‘rganishga sarfladi va kichik ustunlik Isroil tomonida bo‘ldi. Keyingi raundlarda Madrimov ustunlikni o‘z foydasiga og‘dirdi. 5 va 6-raundda har ikki bokschi raqibiga sezilarli zarbalarni o‘tkaza oldi.
7-raund Madrimovning faolligidan o‘tgan bo‘lsa-da, kongolik bokschi ham kuchli zarbalar bilan javob qaytara oldi. 8-raund oxirlab borayotganda Madrimovning kuchli zarbasidan keyin Kalombo nokdaun holatiga tushdi. 9 va 10-raundlar ham to‘liq o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi.
Shu tariqa 10 raund davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan Madrimov g‘alabasini qayd etdi.

Izohlar 0
…