18:26 / 05.04.2021
1 904

"Al Garafa" — AGMK uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi

"Al Garafa" — AGMK uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi
7 aprel kuni Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tadigan OCHL pley-off doirasidagi «Al Garafa» — AGMK uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AGMK matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, o‘yinni iroqlik Ali Sabah Adday Al-qaysi boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ali Sabahga qanotlarda Hayder Abdulhasan Ali Ubaydeye va Ameyer Davud Husseyn Alvindavi ko‘maklashadi. Zaxira hakami sifatida esa suriyalik Feras Tavil ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi etib Iordaniya vakili Naser Darvish Mustafa Algafari tayinlangan. Uchrashuv komissari esa falastinlik Ali Jebril.

OCHL-2021. Pley-off bosqichi o‘yini.
7 aprel, chorshanba.
«Al Garafa (Qatar) — AGMK (O‘zbekiston)

Doha, "Suhaim Bin Hamad" stadioni.

Hakamlar: Ali Sabah Adday Al-qaysi (Iroq), Hayder Abdulhasan Ali Ubaydeye (Iroq), Ameyer Davud Husseyn Alvindavi (Iroq), Feras Tavil (Suriya)
Nazoratchi: Naser Darvish Mustafa Algafari (Iordaniya)"Al
Komissar: Ali Jebril (Falastin)
Boshlanish vaqti: 20:20

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Al Garafa" — AGMK uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi