22:30 / 07.04.2021
2 709

Piter Xyuistra: "Hakam yaqqol penaltini bermaganidan hayron bo‘lgandim"

Piter Xyuistra: "Hakam yaqqol penaltini bermaganidan hayron bo‘lgandim"
Superliganing beshinchi turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Navbahor" bilan safardagi o‘yinglari hamisha qiyin bo‘ladi. Ayniqsa bunday hissiyotlar ostida to‘p tepish yanada zavqlidir. Maydon holati biroz yomon bo‘lgani uchun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Maydonga moslashishga majbur edik. Ayrim futbolchilarning pozitsiyasini o‘zgartirishga ham to‘g‘ri keldi. Bu o‘z samarasini berdi. "Navbahor" futbolchilari hisobda ortda borayotganiga qaramasdan oxirigacha kurashishdi.

Lekin ikkinchi bo‘limda muxlislar madadi bilan mezbonlar o‘yinni kuchaytirib, hisobni tenglashtirishdi. Hakamning yaqqol penaltini bermaganidan hayron bo‘lgandim, baribir, VAR yordamida penalti belgilandi. O‘zbekistondagi faoliyatim davomida ikkinchi marta Namanganda g‘alaba qozondik. Endilikda e’tiborimizni OCHLga qaratamiz. Bizni uch haftadan kamroq bo‘lgan muddatda oltita og‘ir o‘yin kutmoqda",- deydi Piter Xyuitstra.

- Eren Derdiyokning maydonga tushmagani nimaga bog‘liq?
- Eren Derdiyok kichik jarohati sabab tavakkal qilishni istamadik. Qolaversa, Chempionlar Ligasi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishi sababli bugun maydonga tushmadi.

- Bugun jamoaning ko‘plab futbolchilarida xatolar kuzatildi...
- Chindan ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Buni men maydon bilan bog‘lagan bo‘lar edim. Maydon chimi notekis o‘sgani uchun futbolchilarim ayrim vaziyatlarda to‘pni qabul qilib olish va uzatishda xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Umuman olganda esa, shogirdlarim bugun yomon to‘p surishmadi. Xatolarni esa maydon sifatining yaxshi emasligi bilan izohlayman.

Hojimat Erkinov allaqachon bu mavsumda zaxiradan o‘yinga tushib ham ko‘p foyda keltirdi. Bu mavsum ko‘plab yoshlarimiz bizga tig‘iz taqvimda naf keltirishlariga ishonaman. O‘tgan yili zaxiramizda tajribali futbolchilar bo‘lar edi. Bu yil esa ularning o‘rnini yoshlar egalladi. Nafaqat ichki chempionat, balki Chempionlar Ligasida ham ularning yordamiga tayanamiz.

- O‘yin davomida vaqt cho‘zishga munosabatingiz qanday?
- Men bunga azaldan qarshi bo‘lib kelganman. Lekin bizga qarshi o‘ynaydigan jamoalar ko‘pincha shunday uslubni qo‘llashadi. Futbolchilarning vaqt cho‘zishga intilishlarini o‘zim ham yoqtirmayman. Bunday narsalarga qarshiman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Piter Xyuistra: "Hakam yaqqol penaltini bermaganidan hayron bo‘lgandim"