21:33 / 19.04.2021
2 436

Sardor Rashidov: Biz o‘zbek futbolining kuchini ko‘rsatishni istaymiz


"Sharja" - "Paxtakor" o‘yinidan oldin matbuot anjumanida "sherlar" a’zosi Sardor Rashidov ishtirok etdi.
"Ertaga qiziqarli futbol bo‘ladi. "Sharja" yaxshi jamoa, lekin biz faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Yutuq bilan guruhda peshqadamga aylanib olishni xohlaymiz. Bu bellashuv deyarli olti ochkolik to‘qnashuvga aylanadi. Maqsadimiz faqat g‘alaba.
"Jazira"da o‘ynagan paytim "Sharja" kuchayib, chempionga aylangandi. Lekin endi "Paxtakor"da o‘ynayapman. Bu Chempionlar Ligasi, umuman boshqa musobaqa. Biz o‘zbek futbolining kuchini ko‘rsatishni istaymiz. Jamoadoshlarim bilan bor kuchimizni bergan holda yutuqqa erishishni istaymiz
", - deya Rashidovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov: Biz o‘zbek futbolining kuchini ko‘rsatishni istaymiz