Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 3-tur doirasidagi AGMK - "Shabab Al Ahli" o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dubayliklar ustozi Mahdi Ali Hasan ishtirok etdi.
"O‘yin biz uchun juda muhim. Ayniqsa "Hilol"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin imkoniyatlarimizni yaxshilab olishimiz zarur. AGMK bilan bo‘ladigan bahs muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikki kunda o‘yin o‘tkazish qiyin kechmoqda. Lekin men tarkibdagi barcha futbolchilarimga to‘liq ishonaman. Olmaliqliklar bilan bo‘ladigan ikkita bahs hal qiluvchi bo‘ladi. Biz keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish va uni yaxshilash uchun harakat qilamiz. Ehtiyotkorlik va dadillikni saqlab qolishimiz kerak bo‘ladi.
O‘tgan o‘yinda mag‘lubiyat jismoniy taraflama yuzaga kelgan inqiroz tufayli bo‘ldi. "Hilol" bilan maydon markazida ko‘p to‘p yo‘qotdik. Ertaga Masharipov qaytadi va u AGMK bilan o‘yinga har taraflama tayyor. Xoh jismonan, xoh ruhan Jalol AGMKga qarshi jangga tayyor. Ertaga Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman. O‘yin sifati ham oshadi", deydi 56 yoshli mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi