“Zenit” Xalk bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirdi


Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasi braziliyalik hujumchi Xalk bilan shartnomani yana 2 yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Natijada bu hujumchi jamoa safida 2018-2019 yillar mavsumi oxirigacha qoladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Xalk Rossiyaga 2012 yilning sentyabrida kelgan va zenitliklar safida shu vaqtgacha o‘tkazgan ikki yarim mavsumi davomida 92ta o‘yinda maydonga tushib, 44ta gol va 35ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Xalk “Zenit”da o‘tkazgan faoliyatida 2 marta Rossiya chempionatining kumush medallariga va 2 marta turnir to‘purarligiga erishgan.
Manba: www.kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…