09:00 / 12.05.2021
2 661

Chempionlar ligasining finali qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi


Chempionlar ligasi finali Istanbuldan ko‘chiriladi. Ammo ilgari xabar qilinganidek Londonga emas, balki Portu shahriga.
«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, yaqin orada Chempionlar ligasi finalining o‘tkaziladigan joyi ko‘chirilgani e’lon qilinadi.

Demak, Angliyaning «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari o‘rtasidagi uchrashuv 29 may kuni Portu shahrida bo‘lib o‘tadi.
Istanbul 2022 yilda finalga mezbonlik qilishi mumkin.

Buyuk Britaniya hukumati Turkiyani koronavirus bilan bog‘liq noqulay epidemiologik vaziyatga ega mamlakat sifatida «qizil hudud»ga kiritgan. Shu bois Turkiyadan qaytib kelganlarning barchasi 10 kunlik karantindan o‘tishlari kerak. Shu sababli Angliya hukumati UYEFAdan Chempionlar ligasi finaliga ko‘proq ingliz muxlislari tashrif buyurishi hisobga olib, asosiy bahsni Istanbuldan boshqa joyga ko‘chirishni iltimos qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasining finali qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi