Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy davogar amerikalik Ronni Riosga (33-3, 16 KO) qarshi o‘tkazadi.
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) jangga buyruq bergan va muzokaralar uchun 30 kunlik muddat qo‘ygan edi. Mazkur davrda tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmadi. Endilikda WBA tomonidan jangni o‘tkazish xuquqini sotib olish uchun 24 may kuniga ochiq promouterlik auksioni e’lon qilindi.
Jang tashkilotchiligini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan kompaniya uchun minimun 150 ming dollar boshlang‘ich to‘lov sifatida belgilandi. Bu mablag‘ning 75 foizi chempion uchun, 25 foizi da’vogar uchun gonarar sifatida beriladi.
Agarda Ronni Rios va Murodjon Ahmadaliyevning promouterlik kompaniyalari Golden Boy va Matchroom ushbu kunga qadar kelishuvga erishsa, auksion bekor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi