O‘zbekistonda nechta o‘qituvchi ishlayotgani ochiqlandi: qanchasi ayollar va qanchasi erkaklar?

O‘zbekistonda nechta o‘qituvchi ishlayotgani ochiqlandi: qanchasi ayollar va qanchasi erkaklar?

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu raqam 2025/2026 o‘quv yili boshidagi holatni ifodalaydi. O‘qituvchilar soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga ko‘paygan. Bu esa 2,3 foizlik o‘sishni anglatadi.

Jami pedagoglarning 418,8 ming nafari ayollar, 158,9 ming nafari erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Statistik ma’lumotlarda o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar hisobga olinmagan.

Hududlar kesimida eng ko‘p o‘qituvchi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan — har ikki hududda ham 65,1 ming nafardan pedagog mehnat qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 60,6 ming nafar va Surxondaryo viloyati — 52,3 ming nafar bilan qayd etilgan.

Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar:

  • Andijon viloyati — 46,3 ming nafar;

  • Namangan viloyati — 42,6 ming nafar;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 40,7 ming nafar;

  • Toshkent viloyati — 40,2 ming nafar;

  • Xorazm viloyati — 35,1 ming nafar;

  • Toshkent shahri — 34,1 ming nafar;

  • Buxoro viloyati — 33,4 ming nafar;

  • Jizzax viloyati — 25,7 ming nafar;

  • Navoiy viloyati — 22,3 ming nafar;

  • Sirdaryo viloyati — 14,2 ming nafar.

Ma’lumot o‘qituvchilar soni mamlakat hududlari bo‘yicha sezilarli farq qilishini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar