OFK Kubogida "Nasaf" ajoyib o‘yinlar namoyish etib, muxlislarga g‘alabalar taqdim etmoqda. Qarshiliklar guruhdagi ikki uchrashuvda 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
E’tiborlisi, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘tkazilgan bellashuvlarda 7 bor gol urib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diryo Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida xalqaro maydondagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikni mamnun etayotgan "Nasaf" borasida fikr bildirdi.
- Ro‘ziqul Berdiyev hech kim tanimaydigan maktab o‘quvchilaridan har qanday raqibga tik qaraydigan bitta jamoa yasay oladi. "Nasaf" "Ayaks"ning bizdagi soyasiga o‘xshaydi. Shuning uchun ham ba’zida uning kichik muvaffaqiyatlari boshqa klubning katta g‘alabasidan fayzliroq ko‘rinadi, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda