"Jenoa" klubi bosh murabbiyi Davide Ballardini kelgusi mavsumda ham jamoada qolishiga ishonmoqda. Bu haqida u TMW nashriga bergan intervyusi davomida gapirib o‘tgan:
"Men bir necha kun avval jamoa prezidenti bilan uchrashdim. U boshliq rahbariyat vakillari menga bu borada hech narsa degani yo‘q. Ammo, taxminimcha, hafta oxirida yangi shartnoma masalasida gaplashib olsak kerak.
So‘nggi so‘z doim prezident tomonidan aytiladi. Bugun shu yerdaligim, erishgan natijalarimiz ham uning menga imkon bergani ortidan bo‘lgan ishlar.
Hozircha jamoam bilan amalda bo‘lib turgan shartnomam bor va o‘ylaymanki, kelgusi mavsum ham "Jenoa" bilan qolaman".
Ballardini o‘tgan yilning dekabrida jamoani Rolando Maranning iste’fosidan so‘ng qabul qilib olgandi. O‘shanda genuyaliklar turnir jadvalining 19-o‘rnida borayotgan edilar. "Griffonlar" yakunda mavsumni 11-pog‘onada yakunladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi