09:28 / 02.06.2021
3 127

Chempionlar ligasining joriy mavsumida kim qancha pul ishladi?


Evropaning to‘rtta klubi 2020/2021 yilgi UEFA Chempionlar ligasidagi ishtiroki uchun 100 million evrodan oshiqroq bonusga ega bo‘ldi.
29 may kuni "Dragau" stadionida klublar o‘rtasidagi Evropaning asosiy kubogi - UEFA Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda 13 yil ichida uchinchi marta ingliz jamoalari mavsumning hal qiluvchi o‘yinida to‘qnash kelishdi. Roman Abramovich boshqaruvidagi "Chelsi" ikkinchi marta "Manchester Siti"ni 1: 0 hisobida mag‘lub etib, qit’aning eng kuchli klubiga aylandi. Dastlab ular o‘rtasidagi o‘yin Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo UEFA uni epidemiologik vaziyat nisbatan yaxshiroq bo‘lgan Portugaliyaga ko‘chirdi.

Pandemiya davrida stadionlarda muxlislar kamligi, teletranslyatsiyalar va reklama beruvchilardan tushadigan daromadlarning kamaygani bois, milliy chempionat va Evropa musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish orqali yaxshigina bonuslar jamg‘arib olish imkoniyati mavjudligi klublarga qo‘l keldi. Evropaning etakchi ligalari jamoalari Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqani uchun avtomatik ravishda kamida 25 million evroga ega bo‘ladi. Masalan, Belarus yoki Kiprga o‘xshagan ba’zi mamlakatlar klublari Chempionlar ligasiga chiqsa, ular buning uchun beriladigan bonus evaziga deyarli bir yillik xarajatlarini qoplaydi. Turnirning amaldagi ishtirokchilari UEFAdan jami 1,9 milliard evrodan ko‘proq pul oladi va agar UEFA o‘tgan yilgi moliyaviy zararni qoplashni istagan mahfiy soliqni (3,6%) kiritmaganida, bu miqdor yanada ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi.
Manchester Siti» — «Chelsi» — 0:1 — obzor matcha, video golov, final Ligi chempionov, 29 maya 2021 - Chempionat
UEFA bonus ma’lumotlarini turnir tugaganidan etti-to‘qqiz oy o‘tgach e’lon qiladi, ammo uni oldingi mavsumlarning mukofot puli asosida mustaqil ravishda hisoblash mumkin.

Mukofot pullari qanday shakllantiriladi?
Ayni paytda faqat “Midtyulland” (Daniya) va “Ferentsvarosh” (Vengriya) klublarining mukofot pulllarini katta aniqlik bilan hisoblab chiqish imkonsiz, chunki avvalgi ikki mavsumda Daniya va Vengriya klublari Chempionlar ligasining guruh bosqichida o‘ynamagan. Ammo, musobaqa tendentsiyalari va Evropa ligasidagi to‘lovlarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, daniyaliklar 20 million evrodan, vengerlar esa 17 million evrodan ko‘proq olishadi.

Jamoalarning bonus miqdori to‘rtta tarkibiy qismdan iborat:
-ma’lum bir bosqichda qatnashganligi uchun bonuslar (natijalaridan qat’iy nazar);
-guruh bosqichidagi natija uchun bonuslar (o‘yinlar natijalari uchun bonuslar);
-UEFA klublarining 10 yillik reytingiga asoslangan tarixiy bonus;
-asosan televizion huquqlarni sotishdan tushadigan marketing bonusi.

Jamoa hozir va so‘nggi 10 mavsumda qanchalik yaxshi natijalarga erishgan bo‘lsa, shuncha ko‘p pul oladi. Chempionlar ligasini namoyish qilish huquqi uchun ma’lum bir mamlakatda UEFA qancha ko‘p pul to‘lasa, mahalliy klublarga marketing bonusidan shuncha ko‘p pul tushadi. Shuning uchun Angliya yoki Ispaniya klublari Rossiya yoki Vengriya jamoalariga qaraganda bir necha marotaba ko‘proq daromad olishadi.

Mantiqan Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bitta klub bir mavsumda 200 million evrodan ko‘proq pul ishlab olishi mumkin, bu musobaqa shartlarida aniq ko‘rsatilgan, buning uchun bitta jamoa guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, chempion bo‘lishi kerak. Qolgan jamoalar barcha o‘yinlarda durang qayd etishi kerak. Bunday bo‘lishi deyarli imkonsiz albatta. Hozirga qadar ishlab topilgan bonuslar bo‘yicha rekordchi PSJ hisoblanadi. O‘tgan mavsum natijalariga ko‘ra, parijliklar musobaqa finalida "Bavariya"ga mag‘lub bo‘lganiga qaramay UEFAdan 126,8 million evro olishgan. Gap frantsuzlar televizion huquqlarni nemislarga qaraganda qimmatroqqa sotganligi uchun UEFA tomonidan marketing bonusini ko‘proq olganidadir.
Stavki na Ligu Chempionov: na kakix iz nix minimalnye riski poteryat dengi | MilanAC.ru
Kim va qancha ishladi?
Bu safargi eng katta pul mukofoti chempion - "Chelsi"ga nasib qildi. Tomas Tuxel shogirdlari "Manchester Siti" ustidan qozonilgan finaldagi g‘alabasi evaziga UEFAdan 120,3 million evro oladi.

"Manchester Siti" klubi "Chelsi"dan biroz orqada qoldi - 119,6 million evro. Bunday kichik farq “shaharliklar”ning televizion huquqlarini sotishdan katta daromad olishlari bilan izohlanadi.

Bu yilgi daromad bo‘yicha uchinchi o‘rinda - o‘tgan mavsum peshqadami, 110,45 million evro ishlab olgan PSJ qayd etildi. "Real"ning EChLdagi daromadi frantsuz grandidan biroz kamroq - 110,44 million evroni tashkil qildi. Ammo madridliklar tarixiy natijalari uchun beriladigan mukofot pulini PSJga qaraganda deyarli 8 million evro ko‘p olishdi.

Musobaqaning o‘tgan yilgi chempioni - "Bavariya" bu mavsum chorak finaldayoq o‘yindan chiqdi. Shu sababli, nemis klubining mukofot puli 125,5 million evrodan 93,3 million evrogacha pasayib ketdi. 2019 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan "Liverpul" 88,5 million evro ishlab oldi.

Shuningdek, kuchli 8 talikdan "Barselona" va "Yuventus" joy oldi. Lekin "Yuventus" 1/8 finalda "Portu"ga engilgan bo‘lsada, UEFAdan portugaliyaliklarga qaraganda deyarli 12 million evro ko‘proq oladi. Ushbu "adolatsizlik" Italiyada Chempionlar ligasini namoyish qilish uchun televizion huquqlarning Portugaliyaga qaraganda ancha qimmatligi va Krishtianu Ronaldu turgan "Yuventus"ning tarixiy reytingi yuqoriroq bo‘lganligi bilan izohlanadi.
Jerebyovka 1/8 Ligi Chempionov 2020-2021: rezultaty onlayn | Futbol 24
Reytingning birinchi yarmida pley-offga chiqqan 15ta jamoa bor edi. Faqatgina o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan "Manchester Yunayted" bundan mustasno. “Qizil iblislar” Chempionlar ligasida 62,2 million evro ishlab oldi, ammo Evropa ligasida ular finalga qadar etib borgan bo‘lsada, buning uchun ular bor yo‘g‘i 14 million evro bonus olishdi xolos.

Chempionlar ligasi va Evropa ligasi o‘rtasidagi farq juda katta. Masalan, finalda "Manchester Yunayted"ni mag‘lubiyatga uchratgan Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi 32 million evro ishlab oldi xolos. Bu Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichidayoq chiqib ketgan "Sevilya"ning olgan bonusidan ikki barobar kam deganidir. Ehtimol, kelasi mavsumda Evropa ligasini kuchsiz jamoalardan "tozalash" kerak bo‘lgan uchinchi Evropa kubogi (Konferentsiyalar Ligasi) paydo bo‘lishi sababli ikkinchi turnirdagi mukofot pullari ko‘payishi mumkin.

Baxtiyorjon Toshtemirov


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasining joriy mavsumida kim qancha pul ishladi?