09:33 / 10.06.2021
4 928

Men Shomurodovdan qo‘rqyapman!


O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirining Saudiya Arabistonida tashkil etilgan bosqichini muvaffaqiyatli boshladi.

Vadim Abramov boshchiligida futbolchilarimiz Singapur milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, guruhda ikkinchi o‘rinni mustahkam o‘rnashib oldi. Mamlakatimiz bosh jamoasi navbatdagi uchrashuvni 11 iyun kuni Yaman futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Yaman jamoasi muxlislari bo‘lajak uchrashuvga doir munosabatlarini bildirmoqda.
E’tiboringizga xorijlik futbol ishqibozlarining Yaman – O‘zbekiston o‘yiniga oid fikr-mulohazalarini havola etamiz.

Sarah Aziz: Biz oxirgi uchrashuvda saudiyaliklardan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. O‘zbeklar esa Singapurni 5:0 hisobida “sochib tashladi”. Men o‘zbeklar bizning terma jamoamizga qancha gol urishini o‘ylab, dahshatga tushyapman. Chunki biz musobaqa jadvalida Singapurdan ham quyida joylashganmiz.

AtifAbKarim1: Juda og‘ir davrlarni boshdan o‘tkazayotganimizni inobatga olib, futbolchilarimiz muxlislarni xursand qilishga urinib ko‘rishiga ishongim keladi.

Wazir Askari: Bo‘lajak uchrashuvda eng muhim vazifa Italiya chempionatida porlayotgan Eldor Shomurodovni “yopish” hisoblanadi. Unga o‘yin bermasak, ularning jamoasi u qadar xavf sola olmaydi.

Lami Haile: Eng muhimi, o‘tgan o‘yindagi kabi 5:0 hisobida yutqazmaslik. O‘zbekiston hozir juda kuchli jamoaga aylangan.

Lamido Chiroma: Biz ushbu saralash turnirida jahon chempionati ishtirokchisi – saudiyaliklar bilan durang ham o‘ynagandik. O‘ylashimcha, biz bu gal O‘zbekiston bilan o‘yinda ham mo‘’jiza ko‘rsata olamiz.

Haroon Alkadasi: Men Eldor Shomurodovdan qo‘rqyapman. Shuningdek, Jaloliddin Maharipovdan ham. O‘zbekiston milliy terma jamoasining bu ikki yulduzi Singapur darvozasiga uchta gol urdi. Bizga esa, undan ham ko‘p gol ursa kerak!

Ahmed Al-junid: Ularning terma jamoasida Italiya A Seriyasi va boshqa kuchli chempionatlarda o‘ynaydigan futbolchilar bor. Bizda esa futbolga e’tibor yo‘q. Uchrashuv natijasi hozirdan ma’lum.

Mohammed Taqiuddin: Bizni yana bir qaqshatqich mag‘lubiyat kutyapti. O‘zbeklar hozir ancha kuchaygan!

O‘zbekiston va Yaman terma jamoalar o‘rtasida 2019 yilning 10 oktabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda hamyurtlarimiz raqib darvozasiga javobsiz beshta gol kiritgan edi. O‘sha bellashuvdagi gollar Sanjar Qodirqulov, Eldor Shomurodov, Jamshid Iskanderov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Igor Sergeyev hisobiga yozilgan.

Navbatdagi uchrashuv 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Men Shomurodovdan qo‘rqyapman!