14:38 / 17.06.2021
3 008

Bu - terma jamoa, klub emas yoxud navbatdagi bosh murabbiy kim bo‘ladi?


O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistonidan uchragan yirik hisobdagi mag‘lubiyati barchamizning kayfiyatimizga ta’sir qildi. Xo‘sh, ayb kimda, xato qayerda o‘tdi, buyog‘iga nima qilish kerak. Biz bu borada tajribali ekspertlarimizni fikriga quloq tutdik.

Aziz Ibragimov - Birinchi o‘rinda tarkib va futbolchilarning joylashuvi noto‘g‘ri tanlandi. Har bir futbolchi o‘z pozitsiyasiga qo‘yilishi kerak edi, deb o‘ylayman. Masalan Jaloliddin Masharipovning asosiy ustun tomoni qanotdan yorib kirish. Deylik kecha Odil Ahmedov himoyaga qo‘yildi. Uning joyini ko‘pchilik biladi, o‘rtada. Markazda o‘yinni boshqara oladi. Yoki Vagiz Galiulinni olaylik. Oleg Zoteyev vaqtida yarim himoyachi sifatida o‘ynagan bo‘lishi mumkin.

Ammo hozirda qanot himoyachisi sifatida to‘p tepmoqda. Oddiy misol velosiped xaydab turib, birdaniga samakatga o‘tsangiz qanday bo‘ladi? Qiynalasiz. Futbolchi ham shunday. Saudiya Arabistoni terma jamoasining futbolchilarini qarang, o‘ziga ishonch bilan juda xotirjam o‘ynadi. Individual mahorat hisobiga himoyamizni osonlikcha yorib o‘tdi.

Bu - O‘zbekiston milliy terma jamoasi, millatning yuzi. Terma jamoadagi futbolchilar professional. Avvalo futbolchi o‘zini o‘zi ruhiy tomondan o‘yinga tayyorlashi kerak. Murabbiyning imzosi esa futbolchilarni joylashuvi va taktikasida bilinadi. Terma jamoa klub emas. O‘ynamayotgan futbolchini birdaniga tushirsangiz u o‘z o‘yinini ko‘rsata olmaydi. Bitta o‘yinga boshqasini, ikkinchi o‘yinga boshqasini tushirish chiziqlar o‘rtasidagi bog‘lamlarni yo‘qolishiga olib keladi. Chunki formadagi, formada bo‘lmagan futbolchi bor. Men bu bilan hech kimni ayblamoqchi emasman. Shunchaki jonimiz achiganidan gapiramiz. 

Men avval ham bu borada fikrimni aytganman. Terma jamoaga mos nomzod - Ro‘ziqul Berdiyev. "Nasaf"da qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar barqaror ishlab kelmoqda. Shuningdek Timur Kapadze "Olimpik" bilan Pro ligada debyut qilayotganiga qaramasdan juda yaxshi natija qayd etmoqda.

O‘yinni boshidan to‘pni raqib nazorat qildi. Bunday pallada himoyada jipslashish muhim. Agarda birinchi bo‘lim 0:0 hisobida tugaganida, ikkinchi bo‘limga yigitlar boshqacha kayfiyat bilan chiqardi.

Kamoliddin Murzoyev - Boshlang‘ich tarkib nafaqat meni, balki ko‘pchilik uchun kutilmagan ko‘rinish oldi. Natija barchasini aytib turibdi. Futbolchilar o‘z o‘rnida o‘ynay olmaganidan o‘zlarini juda yomon his qilishdi. O‘yin to‘liqligicha raqibga boy berildi. Terma jamoaning keyingi maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yangi murabbiy nomzodlari va ularning dasturi bilan tanishib chiqish kerak. Bizda murabbiylar bilan emas, ularning dasturi bilan bog‘liq muammo bor. Buni nazorat qiluvchi organ mavjud emas. Murabbiylar tayyorlashni tizimli boshqaruvi va uning ustidan nazorat o‘rnatilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu - terma jamoa, klub emas yoxud navbatdagi bosh murabbiy kim bo‘ladi?