2 455
Abdusalom Azizov: «Bolalar futbolidan tortib, barcha futbol tizimimizni qayta ko‘rib chiqish lozimligini to‘liq tushunib yetdik»
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi 19 iyun, shanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov marosimni o‘z nutqi bilan ochib berdi, deya xabar beradi «Daryo».
"O‘zbekistonda har tomonlama islohotlar olib borilayotgan bir davrda futbol assotsiatsiyasida ham islohotlar o‘tkazilyapti. Mana shu nuqtai nazardan muhtaram prezidentimiz boshchiligida o‘tkazilayotgan islohotlar davlatimizda ochiqlik, hamma narsani muhokama qilish, jamoatchilik e’tiboriga yetkazish birinchi navbatdagi vazifa qilib qo‘yilgan. Mana shu demokratik ochiqlik islohotlari asosida futbol assotsiatsiyasi navbatdan tashqari kongressni o‘tkazadi. Ushbu siyosatga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham sodiqligicha qoladi.
Futboldagi barcha masalalarni jamoatchilik bilan ochiq muhokama qilish yo‘liga o‘tyapmiz. Shu jihatdan FIFA, Osiyo futbol konfederatsiyasi talablari asosida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nizomi qayta ishlab chiqildi. Bugun mana shu nizom haqida suhbatlashamiz. Keyingi masala sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidagi saylovlarini o‘tkazish tartibi bilan ham tanishamiz. Aytish mumkinki, futbol assotsiatsiyasining yangi nizomida ham shaffoflik, ochiqlik prinsiplari ilgari surilgan.
Futbol assotsiatsiyasining yangi nizomi FIFA va OFKning yangi, zamonga mos taklif va talablarini to‘liq o‘z ichiga olgan, bu takliflarni qo‘llab-quvvatlaydi. Hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga tayyorligimizni bildirishimiz kerak. Butun dunyoda hukmronlik qilayotgan koronavirus pandemiyasi davrida o‘zbek futboli xalqaro tajribani o‘rganib chiqqan holda faol ish olib bordi. Musobaqalar barcha xavfsizlik talablarini e’tiborga olgan holda belgilangan maksimal choralar ko‘rilgan holda o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.
Mahalliy, xalqaro turnirlar yetarli saviyada tashkillashtirilyapti. Keyingi haftada oldimizda Osiyo Chempionlar Ligasining sharq mintaqasidagi ikkita guruh o‘yinlari guvohi bo‘lamiz. Ushbu o‘yinlar Toshkentda bo‘lib o‘tadi va Osiyo futbol konfederatsiyasi, FIFA ko‘magini alohida ta’kidlashimiz kerak.
Shu o‘rinda yurtimiz OAVlarida ham futbol mavzusi keng va tahliliy yoritilishi, jurnalistlar futboldagi jarayonlarni nafaqat kuzatuvchilari, tanqidchilari bo‘lib qolmasdan uning faol ishtirokchisi bo‘layotgani ham futbol assotsiatsiyasi tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosatining tasdig‘i bo‘la oladi.
Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Shu kunlarda milliy terma jamoamizning mag‘lubiyati muxlislarimizni judayam ranjitdi. Ushbu mavzu yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bugungi yig‘ilishdan keyin hisobot beradi va terma jamoa holatiga baho beradi.
Albatta, bu mag‘lubiyat sabablari bir kunda yuzaga kelmagan. U sabablar chuqur o‘rganiladi. Bolalar futbolidan tortib, barcha futbol tizimimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozimligini to‘liq tushunib yetdik va buni tan olishimiz kerak. Futbolda ishlayotgan barcha faxriylar, mutaxassislar, ishchi xodimlar bugun futbolimiz rivoji uchun o‘zining yondashuvini qayta ko‘rish vaqti yetib keldi. Endi bizning ortga yo‘limiz yo‘q", - dedi O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi