13:09 / 11.07.2021
1 985

Xarri Keyn: "Angliya anchadan beri finallarda o‘ynamadi. Biz bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak"


Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn Yevro-2020 finali oldidan fikr bildirdi.
"Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Italiya ajoyib jamoa. Ularda g‘alabalarga boy tarix bor. Italyanlarda jamoaviy o‘yin juda zo‘r shakllangan.

Maydonda shafqatsiz jang bo‘ladi. Biz o‘z o‘yinimni ko‘rsatsak bo‘lgani. Bunday katta finallarda kichik detallar hammasini hal qiladi.

Yevro biz uchun katta ahamiyatga ega. Bu aniq. Terma jamoadagi bunday sovrin, klub miqyosidagi istalgan chempionlikdan ustunroq. Angliya anchadan beri finallarda o‘ynamadi. Biz bunday imkoniyatdan foydalanish uchun tish-tirnog‘imiz bilan harakat qilishimiz kerak", - dedi Xarri Keyn. 

Eslatib o‘tamiz, Italiya va Angliya termalari o‘rtasidagi final 11 iyul kuni 23:59 da o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xarri Keyn: "Angliya anchadan beri finallarda o‘ynamadi. Biz bu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak"